![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
“Nafis”ning nafosatli qizlariO‘zA, Tohir Istatov (surat), 22.02.2012 19:27
Buxoro shahridagi “Nafis” sport majmuasi xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tayyorlanayotgan, badiiy gimnastikaning keng ommalashib, rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shayotgan mahorat maktablaridan. Murabbiylar va sportchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan majmuadagi balet hamda mashg‘ulot zallari, yuvinish, dam olish xonalari zamonaviy usulda jihozlangan. Ayni paytda bu yerda 250 nafar qiz 10 tajribali murabbiyadan badiiy gimnastika sir-asrorlarini o‘rganmoqda. Bu nafis sport turi bilan shug‘ullanayotgan nafosat malikalari orasida xalqaro musobaqalarning sovrindorlari ko‘p. Ulardan biri Husniyabonu G‘ulomova 2010 yili badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘oliblar qatoridan joy olgan, o‘sha yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib topilgan. Hozir Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi badiiy gimnastika seksiyalarida faoliyat yuritayotgan murabbiylarga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Nafis” sport majmuasida o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi yangiliklar: Kompyuter dasturlari namoyishi Energetiklarning xalqaro forumi |
Reklama Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |