O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

2 karra Jahon, 6 karra Osiyo, 30 karra O‘zbekiston chempioni namanganlik Nazokat Ruminiyadan 2 ta oltin medal bilan qaytmoqda

2 karra Jahon, 6 karra Osiyo, 30 karra O‘zbekiston chempioni namanganlik Nazokat Ruminiyadan 2 ta oltin medal bilan qaytmoqda

Yaqinda Ruminiya davlatining Konstanta shahrida qizg‘in tarzda yakunlangan armrestling (qo‘lda kuch sinashish) sport turi bo‘yicha jahon chempionatidan ajoyib xushxabarlar oldik. 

U yerda O‘zbekiston Armrestling federatsiyasining terma jamoasi a’zosi, 2003 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan Nazokat Solieva mamlakatimizga 2 ta oltin medal taqdim etdi.

Yurtimizda sportga katta e’tibor qaratilayotgani samarasi o‘laroq, To‘maris izdoshlari yanada ko‘payishi aniq.


photo5330444294743501808.jpg
O‘zbekistonga bir juft oltin medal olib kelgan Nazokat Solieva kabi dasti kuchli qizlarimiz kelajakda yurtimiz bayrog‘ini bundan-da baland cho‘qqilarga olib chiqishlariga shubha yo‘q.

Nazokat Solieva 2017 yil Vengriya davlatida bo‘lgan xalqaro musobaqada 2 karra jahon chempioni, 2018 yil Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medal sovrindori, joriy yil esa Ruminiya davlatidagi bellashuvda 2 karra chap va o‘ng qo‘lda Jahon chempioni va 6 karra Osiyo chempioni, 30 karra O‘zbekiston chempionidir.

Ayni o‘rinda bir mulohaza. Ushbu sport turi Olimpiyada musobaqalari dasturiga kiritilmagan ekan. Shunday bo‘lsa-da, qahramon sportchilarimizga yetarli darajada e’tibor qaratilishiga shubha yo‘q.

756
O‘zA