| O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Foto | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
G‘oliblar aniqlandiO‘zA, A.Sattorov, 23.07.2010 16:24 Namangan shahrida shaxmat bo‘yicha mamlakat ochiq birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi tashabbusi bilan madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil qilingan musobaqada Toshkent shahar, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan viloyatlaridan 86 nafar shaxmat ustasi o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuvlarda kattalar, 14 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar bir hafta davomida g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar. Kattalar o‘rtasida andijonlik shaxmatchi Ibrohim Karimov, namanganlik Bahodir Xolmirzayev, farg‘onalik Alisher Rustamov kuchli uchlikdan joy oldi. Xotin-qizlar bahsida namanganlik Nodira Qambarova birinchi, Naima Hasanova ikkinchi hamda Mahliyo Aliyeva uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchilikning 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar bahsida andijonlik Najmiddin Umarov, Feruza Muratova, namanganlik Dilshoda Yo‘ldosheva, Muhammadodil Mutalov, Shukrullo Yo‘lchiyev va Anorxon Xolmirzayevalar shohsupaning yuqori pog‘onalarini zabt etdi. Turnir ishtirokchilarining salmoqli qismini tashkil qilgan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasidagi musobaqalar ayniqsa qizg‘in tus oldi. Andijonlik yosh shaxmatchilar Sanjar Sultonov hamda Sadoqat Inomjonova birinchi, farg‘onalik Azizbek Boymahammatov va andijonlik Ismigul Tojiboyeva ikkinchi, farg‘onalik Asilbek Sobirov, Muqaddam Boymahammatova uchinchi o‘ringa munosib topildi. So‘nggi yangiliklar: |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |