| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Futbol mavsumi boshlandiO‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 15.03.2010 17:00
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XIX milliy chempionatining oliy ligasi bellashuvlari boshlandi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etilgan bu yilgi musobaqada o‘n to‘rtta jamoa ishtirok etmoqda. Oliy liganing barcha ishtirokchilari mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Tarkiblar kuchaytirildi, jismoniy, texnik, taktik va ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, o‘rtoqlik va sinov-nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi. Toshkentning “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, Qashqadaryoning “Nasaf”, “Sho‘rtan”, “Mash’al”, Farg‘onaning “Neftchi”, Namanganning “Navbahor” jamoalari mavsumlar oralig‘ida Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Ukrainada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashdi. Xorijga chiqmagan klublar esa O‘zbekiston Professional futbol ligasi kubogi, Farg‘ona viloyati hokimi kubogi va Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi uchun o‘tkazilgan turnirlarda qatnashdi. Bu mavsumda kuchli klublarimiz bilan jiddiy raqobatlashadigan jamoalar ko‘payganini alohida ta’kidlash lozim. Taniqli xorijlik murabbiylar – braziliyalik Luiz Felipe Skolari boshqarayotgan “Bunyodkor”, chernogoriyalik Miodrag Radulovich ustozlik qilayotgan “Paxtakor” va rossiyalik Viktor Kumikov faoliyat ko‘rsatayotgan “Nasaf” jamoalari, odatdagidek, sovrinli o‘rinlarga asosiy da’vogarlar sifatida e’tirof etilayotir. Lekin Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”), Azamat Abduraimov (“Dinamo”), Igor Shkvirin (“Olmaliq”), Edgar Gess (“Sho‘rtan”) hamda Vadim Abramov (“Lokomotiv”) ham kuchli o‘yin ko‘rsatadigan jamoalarni shakllantirishga erishdi. XIX milliy chempionatning dastlabki turida qayd etilgan natijalar ham shundan dalolat bermoqda. Birinchi turda amaldagi chempion “Bunyodkor” dastlabki uchrashuvda o‘z maydonida asosiy raqib – “Paxtakor” futbolchilarini qabul qildi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda (2:1) mezbonlarning qo‘li baland keldi. G‘olib jamoa gollariga jamoa sardori Rivaldo va Stevitsa Ristich mualliflik qildi. Paxtakorchilarning yagona goli Boyan Miladinovich hisobiga yozildi. “Andijon” o‘z maydonida “Olmaliq”dan 3:2 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, “Lokomotiv” futbolchilari “Neftchi”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bekobodning “Metallurg” jamoasi Zarafshonda “Qizilqum” darvozasini bir marotaba ishg‘ol qilib, safarda zafar quchgan yagona jamoa bo‘ldi. “Xorazm” futbolchilari esa Samarqandda “Dinamo” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, Urganchga bir ochko bilan qaytdi. “Nasaf” (Qarshi) – “Sho‘rtan” (G‘uzor) va “Navbahor” (Namangan) – “Mash’al” (Muborak) uchrashuvlarida darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |