Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Sport RSS

Oqgulning AQSHdagi g‘alabalari

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 12.03.2010 17:14

AQSHning Kaliforniya shtatidagi Indian-Uells shahrida dunyoning eng kuchli tennischilari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Paribas Open-2010” xalqaro turnirida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Oqgul Omonmurodova asosiy to‘r bellashuvlariga yo‘llanma oldi.

Bahslarni saralash bosqichidan boshlagan hamyurtimiz dastlab Janubiy Afrika Respublikasidan kelgan Chanell Schipers bilan uchrashuvda 6:3, 5:7, 6:1 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi bellashuvda avstriyalik Patritsiya Mayrga qarshi kortga chiqqan mohir tennischimiz 6:2, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Oqgul asosiy to‘rning birinchi davrasida bolgariyalik Svetana Pironkova bilan raqobatlashadi.

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama