| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
“Kamolot” malikalari aniqlandiO‘zA B.Xidirova, 09.03.2010 15:31
Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida 15-18 yoshli qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Kamolot” malikasi” musobaqalarining final bosqichi yakunlandi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalari, Milliy teleradiokompaniya hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tanlovning viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan sakson to‘rt nafar qiz o‘zaro kuch sinashdi. Yoshlarni jismonan yetuk va ma’naviy barkamol etib tarbiyalash Prezidentimiz Islom Karimov yuritayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridandir. Bu boradagi islohotlar jarayonida navqiron avlodga jahon andozalari darajasida ta’lim berish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yigit-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bu yo‘nalishda belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilishi natijasida yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy talablarga javob beradigan ko‘plab sport inshootlari faoliyat yuritmoqda. Bunday muassasalarga jalb etilgan yoshlar jismoniy jihatdan sog‘lom va tetik bo‘lish bilan bir qatorda sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha quvonarli natijalarga erishmoqdalar. Buxoro shahridagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Sitora Shamsiyeva “Kamolot” malikasi – 2010” tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 6-maktab o‘quvchisi Marhabo A’zamova, shu tumanning yana bir vakilasi, 34-maktab o‘quvchisi Gulanda Shambilova hamda Xorazm viloyatining Urganch shahridagi 2-maktab o‘quvchisi Saida Qozoqova o‘z tengdoshlari orasida eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, “Kamolot” malikasi” deb topildi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |