| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
“Kamolot” malikalari musobaqasiO‘zA, B.Xidirova, 05.03.2010 17:59
Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Kamolot malikasi” sport musobaqalari boshlandi. Uni O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, Milliy teleradiokompaniya hamkorlikda tashkil etdi. Tadbir qizlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, stol tennisini yanada rivojlantirish maqsadida uyushtirildi. To‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan musobaqada shu vaqtgacha yuz ming nafardan ko‘proq yoshlar qamrab olindi. O‘tgan davr mobaynida mazkur musobaqada faol qatnashgan olti nafar ishtirokchi yashaydigan qishloqlarda tennis klublari tashkil etildi. Musobaqaning bu yilgi viloyat bosqichlarida qariyb besh ming nafar qiz o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. G‘oliblar tanlovning final bosqichida ishtirok etish uchun poytaxtimizga keldi. Tadbir ishtirokchilari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydilar. Musobaqaning ochilishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari G.A’zamova, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi raisi o‘rinbosari G.Yo‘lchiyeva va boshqalar ta’kidlaganidek, sog‘lom va barkamol avlodni kamolga yetkazish, yoshlarga jahon andozalari darajasida ta’lim berish va iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash Prezidentimiz Islom Karimov yuritayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishini tashkil etadi. Barkamol avlod yilida bunday xayrli an’analar yanada keng quloch yoymoqda. Mamlakatimiz yoshlarini ommaviy sportga keng jalb etish, jismonan chiniqtirish, intellektual qobiliyatini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor tufayli yurtimizning olis qishloq va tumanlarida o‘sayotgan yoshlar ham o‘z salohiyatini to‘la namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Namangan viloyatining Chust tumanidagi sport kollejida tahsil olayotgan Maqsuda Hofizova ulardan biri. U qariyb o‘n yildan buyon darsdan bo‘sh vaqtlarida tumandagi olimpiya zaxiralari sport maktabiga qatnaydi. – Tumanimizda yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z mahoratini oshirishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud, – deydi M.Hofizova. – Maktablarda, kollejlarda zamonaviy sport inshootlari barpo etilib, zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Darsdan keyin qishlog‘imizdagi olimpiya zaxiralari sport maktabidagi to‘garaklarga qatnashamiz. O‘tgan yili tumanimizdagi 9-maktab o‘quvchisi Dilafro‘z Jumayeva “Kamolot” malikasi” musobaqasining g‘olibi bo‘lgan edi. Mening niyatim ham ana shu an’anani munosib davom ettirishdir. “Kamolot malikasi” musobaqasi doirasida turli madaniy-ma’rifiy dasturlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, poytaxtimizdagi zamonaviy inshootlar, tarixiy obidalar, qadamjolarga sayohatlar uyushtiriladi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |