| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
G‘oliblar aniqlandiO‘zA, L.Suvonov, 05.03.2010 09:45 Yuqorichirchiq tumanida qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Kamolot malikasi” musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 80 nafardan ziyod sportchi qiz ishtirok etdi. Mamlakatimizda Yurtboshimiz rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlar ishtirokida o‘tayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qilayotir. Bir necha yildan beri an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kamolot malikasi” musobaqalari qizlarni sportga keng jalb etish, yosh, iste’dodli sportchilarni aniqlash va rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutadi. – Yildan-yilga ushbu musobaqaning nufuzi ortib, ishtirokchilar safi kengayib bormoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisi Ibrohim Xolmatov. – “Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga muvofiq o‘tayotgan bu yilgi tanlovning shahar va tuman bosqichlarida bir yarim ming nafardan ziyod qizlar ishtirok etgani ham buning yaqqol dalilidir. Ular orasidan o‘zbek sportini yanada yuksaltirishga hissa qo‘sha oladigan raketka ustalari yetishib chiqishiga ishonamiz. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda angrenlik Vasilina Muzaffarova, Zoya Kim, yuqorichirchiqlik Marhabo A’zamova, Gulanda Shabilova g‘olib chiqib, musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |