| Saytning oldingi versiyasi | Русский | English | Français | Deutsch |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Chavandozlar bellashuviO‘zA, A.Sattorov, 09.02.2010 09:40 Namangan shahridagi “Otchopar” sport majmuasida ko‘pkari bo‘yicha “Oltin vodiy” respublika ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari chavandozlari o‘zaro bellashdi. Qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, poytaxt viloyati jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Namangan, uchinchi o‘rin Andijon viloyati jamoalariga nasib etdi. Chavandozlar bayrami doirasida mazkur sport majmuasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi ham tashkil etildi. Unda viloyatning barcha tumanlaridan kelgan dehqon va fermerlar o‘zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan ishtirok etdi. So‘nggi yangiliklar: Faollik va izlanuvchanlik rag‘bati |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |