O‘zA O`zbek

01.02.2018 20:23 Chop etish versiyasi

“Indian Open” xalqaro turnirida bokschilarimiz 5 oltin va 2 kumush medalga sazovor bo‘ldi

Hindistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Indian Open” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 oltin va 2 kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada bugun kunning ikkinchi yarmida 52 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Xudoynazar Fayzov hindistonlik Anvar Salmonni mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan Abdulhay Shorahmatov mo‘g‘ilistonlik Amar Xarku ustidan zafar quchib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. 

64 kilogramm vazinda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Iqboljon Xoldorov kubalik Jorj Moran Vinentga qarshi o‘tgan bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.


Eslatib o‘tamiz, musobaqaning kunduzgi birinchi bo‘limida Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov Bobo-Usmon Boturov o‘z vazn toifalarida oltin medalga ega chiqdi. Umidli bokschimiz Sanjar Tursunov esa ushbu bahslarda kumush medal sohibiga aylandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
8 120