O‘zA O`zbek

18.01.2018 23:52 Chop etish versiyasi

“Australian Open – 2018”:Tennischi qizlar yana bir davrani yakunladi

 “Australian Open – 2018”:Tennischi qizlar yana bir davrani yakunladi
Avstraliyada “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” musobaqasining xotin-qizlar o‘rtasidagi ikkinchi davra bahslari yakunlandi.

Unda dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep kanadalik Ejeni Busharni 6:2, 6:2, hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, germaniyalik Anjelik Kerber xorvatiyalik Donnu Vekichni 6:4, 6:1 hisobida yengdi.

Yaponiyalik Naomi Osake esa rossiyalik Yelena Vesninaga qarshi kortga chiqib, 7:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, mezbon tennischisi Eshli Barti italiyalik Kamila Jorjini 5:7, 6:4, 6:1 hisobida taslim qildi.


Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
13 582