O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Sport RSS
“Yoz-2010” g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar filiali tomonidan o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til mavsumini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Yoz-2010” sport musobaqalari o‘g‘il-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

02.09.2010 18:51 | Sport
Tennischilarimiz keyingi bosqichda

AQSHning Nyu-York shahrida dunyoning eng kuchli tennischilari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli to‘rt musobaqadan biri – AQSH ochiq chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Denis Istomin va Oqgul Omonmurodova dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

02.09.2010 11:48 | Sport
“Singapur-2010”: uch kumush, olti bronza medal

O’smirlar o’rtasida o’tkazilgan I Olimpiya o’yinlarida yosh sportchilarimiz uchta kumush va olti bronza, jami to’qqizta medalni qo’lga kiritdi.

30.08.2010 13:22 | Sport
Tennischilarimizning bayram sovg‘asi

Rossiyaning Sochi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tennis bo‘yicha o‘tkazilgan “Fyuchers” turkumidagi xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida hamyurtimiz Vadim Kutsenkoning g‘alabasi mamlakatimiz mustaqilligining 19 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

29.08.2010 17:13 | Sport
Sport xabarlari

BOKS. Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘n besh mamlakatdan 100 nafardan ziyod bokschi o‘n bir vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Musobaqada qatnashgan hamyurtlarimiz – Alisher Mahmudov va Bobur Aytboyev kumush, Shohruh Isoqov va O‘ktam Rahmonov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

29.08.2010 17:09 | Sport
Yosh iste’dodlar ko‘rigi

Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlab bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat turnirida 150 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz ikki guruhga bo‘lingan holda sovrinli o‘rinlar uchun dona surdi.

29.08.2010 17:06 | Sport
Sportchimiz qo‘sh medal sohibi

Hindistonning Dehli shahrida armrestling bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz sakkizta medalni qo‘lga kiritdi.

29.08.2010 14:59 | Sport
"Paxtakorning"ning kutilmagan mag'lubiyati

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XIX milliy chempionati oliy ligasining o‘n sakkizinchi turidan so‘ng Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi yana chempionlikka erishish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.

27.08.2010 17:46 | Sport
Mahorat sinovi

“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida Xorazm viloyati umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ta’til-2010” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

27.08.2010 14:56 | Sport
Shaxmatchimiz – bosh sovrin sohibi

Filippin poytaxti Manila shahrida davom etayogan “Prospero Pichay Cup” xalqaro shaxmat turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Anton Filippov bosh sovrin sohibi bo‘ldi.

27.08.2010 11:57 | Sport
Peshqadamlar g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XIX milliy chempionati birinchi ligasida ikkinchi bosqich bellashuvlarida peshqadamlik qilayotgan “Buxoro” va “So‘g‘diyona” jamoalari oliy ligaga beriladigan bir juft yo‘llanma uchun da’vogarlik qilmoqda.

27.08.2010 11:49 | Sport
Tennischilarimiz muvaffaqiyati

AQSHning Nyu-Xeyven shahrida dunyoning eng kuchli tennischilari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Pilot Pen Tennis at Yalle” xalqaro turnirida hamyurtimiz Denis Istomin chorak finalga yo‘l oldi.

26.08.2010 20:07 | Sport
Shaxmat turniri qizg‘in pallada

Poytaxtimizda mustaqilligimizning 19 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan bolalar shaxmat turnirida 150 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz ikki guruhga bo‘lingan holda sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda.

25.08.2010 17:01 | Sport
Istomin keyingi bosqichda

AQSHning Nyu-Xeyven shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Pilot Pen Tennis at Yalle” xalqaro turnirida hamyurtimiz Denis Istomin uchinchi bosqichga yo‘l oldi.

25.08.2010 16:55 | Sport
Shaxmatchimiz peshqadam

Filippin poytaxti Manila shahrida shaxmat bo‘yicha ellik nafarga yaqin shaxmatchi ishtirokida o‘tkazilayotgan “Prospero Pichay Cup” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Anton Filippov yetakchilik qilmoqda.

25.08.2010 16:48 | Sport

Avvalgi yangiliklar →

Reklama