O‘zA O`zbek

01.05.2020 Chop etish versiyasi

Zominda doʻkonga chiqqan opa-ukani sel oqizib ketdi

Zominda doʻkonga chiqqan opa-ukani sel oqizib ketdi

Zomin tumani Shirin qishloq fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi opa-uka T. G. (2006-yil tugʻilgan) va T. F. (2011) soydan kelayotgan selda oqib ketdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabar qilinishicha, opa-uka oziq-ovqat mahsulotlari doʻkoniga chiqqan. Ular qishloq hududidan oqib oʻtuvchi soydan oʻtayotgan vaqtda sel kelib, oqizib ketgan.

T. F.ning soy boʻyida jasadi topilgan. T.G. esa hushsiz holda tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan. Biroq koʻrsatilgan muolajaga qaramasdan hayotdan koʻz yumdi.

2 259
OʻzA