O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Ziroat Mirziyoyeva sardobaliklar huzurida

Ziroat Mirziyoyeva sardobaliklar huzurida

Prezidentimizning jufti haloli, mamlakatimizdagi “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori toshqini natijasida zarar koʻrib, viloyatning boshqa hududlarga evakuatsiya qilingan fuqarolar holidan xabar oldi.

Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimiligi Axborot xizmati xabar berdi.

Мирзиёева-3.jpg

Tashrif chogʻida Ziroat Mirziyoyevaga uning qizi Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi. Oʻzbekistonning birinchi xonimi Z.Mirziyoyeva tashrif davomida toshqin tufayli vaqtincha evakuatsiyada boʻlib turgan fuqarolar bilan gaplashdi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va “Zamin” fondi hamkorligida eʼlon qilingan ijtimoiy loyiha Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi suv toshqinidan zarar koʻrgan 11 qishloqda istiqomat qilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Мирзиёева-2.jpg

Toshqindan talofat koʻrgan hududlarni qayta tiklash va ulkan qurilish ishlari ketayotgan bir paytda aholining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida yoshi 60 dan oshgan fuqarolarga 10 kun davomida poytaxt, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi sihatgoh va dam olish maskanlarida navbatma-navbat hordiq chiqarishlari uchun, 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar esa yozgi bolalar dam olish oromgohlariga bepul tashkil etilishi rejalashtirildi.

Tez orada, yaʼni karantin talablarini inobatga olgan holda, dam olishga borishni xohlagan barcha ishtirokchilar COVID – 19 test-tekshiruvidan oʻtkazilib, ijobiy xulosalar olingach, sihatgoh va dam olish maskanlari uchun yoʻllanmalar oʻz egalariga tarqatiladi.

1 073
A.QAYUMOV, OʻzA