O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

Zarur holatlarda “imi-jimida” kichik yigʻinlarni oʻtkazib yuborsa boʻladimi?

Zarur holatlarda “imi-jimida” kichik yigʻinlarni oʻtkazib yuborsa boʻladimi?

Hozirgina AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifingda Shohrux Gʻiyosov “Kecha Yunusobod tumanida toʻy marosimini oʻtkazayotgan otaxon haqida axborotda koʻrdik. Ularga nisbatan qanday chora koʻrildi?

Zarur holatlarda “imi-jimida” kichik yigʻinlarni oʻtkazib yuborsak boʻladimi, bunda qarindoshlardan tashqari hech kimni taklif etmaymiz. Shunga javob bering”, degan savolga quyidagicha javob berdi.

- Haqiqatdan, 28-mart kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro qizini uzatish maqsadida “kuyov navkar” marosimini oʻtkazgan. Tadbirga oʻzining qarindoshlarini, kuyov va uning doʻstlarini taklif etgan.

Vaholanki bir kun oldin bu fuqaro profilaktika inspektori va mahallari raisi tomonidan bunday tadbir oʻtkazish karantin qoidalarini qoʻpol ravishda buzish ekanligi bilan, rasmiy ravishda tilxat olib ogohlantirgan.

Hozirda, ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 257 prim 1-moddasi, yaʼni epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Savol yuborgan fuqaroga eslatib oʻtamiz, “imi-jimida” toʻy marosimini yoki boshqa yigʻinlarni oʻtkazish taqiqlangan. Agar ichki ishlar organlari toʻy yoki boshqa marosimlarni oʻtkazayotganingizni aniqlasalar, siz jinoiy javobgarlikka tortilasiz.

Albatta dafn marosimlari bundan mustasno.

Hozircha savollar shu, agar aholida boshqa savollar boʻlsa, biz javob berishga tayyormiz. Fuqarolarimizdan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻrab qolamiz.

791
OʻzA