Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2018 17:26 Chop etish versiyasi

Zamonaviy tibbiyot: dardning davosi nanohajmdagi kapsulalarda

Nanohajmdagi SOD1kapsulalarini yaratishda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Milliy texnologik tadqiqot universiteti “MISiS”, Shimoliy Karolina universiteti olimlari hamkorlikda ish olib bordi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Tadqiqotchilarning fikricha, antioksidantlar guruhiga kuruvchi superoksiddismutaz fermentining ko‘pqavatli polimerli nanotuzilmasidan iborat bo‘lgan bo‘lgan bu kapsulalalar insult, infarkt kasalliklari, orqamiya jarohatlarini kompleks davolashda yaxshi samara berish mumkin. Tadqiqot natijalari “Journal of Controlled Release” jurnalida chop etilgan.

Umurtka pog‘onasiga shikast yetganda, qon-tomir yorilib yoki to‘qimalar nekroz holatiga uchraganda (insult va infarkt nazarda tutilmoqda) organizmda qon aylanishi muvozanatini buziladi. Bunday vaziyatda a’zolarda kislorod yetishmasligi bilan bog‘liq gipoksiya holati kuzatilib, orqamiya batamom zararlanishi, neyronlar halok bo‘lishi mumkin.

Shu kabi noxush asoratlarning oldini olishda antioksidant ferment - superoksiddismutaz (SOD1) samarali ta’sirga ega bo‘lib, uni zudlik bilan jarohat joyiga yetkazish orqali to‘qimalarni o‘lishdan saqlab qolsa bo‘ladi. Ammo bu fermentni shundayligicha organizmga yuborib bo‘lmaydi. U qonga tushishi bilan tezda o‘z kuchini yo‘qotadi.

“MISiS”ning “Biotibbiyot nanomateriallari” laboratoriyasi mudiri Maksim Abakumovning aytishicha, shuning uchun ham ular dunyoda birinchilardan bo‘lib superoksiddismutazni kimyoviy “o‘rab-chirmashdi”. 40-50 nanometr hajmdagi ko‘pqavatli poliion SOD1 kapsulasi fermentning barcha xususiyatlarini saqlagan holda jarohat joyigacha yetib boradi.

Yangi dori kemiruvchilarda sinovdan o‘tkazildi. Tajriba namunalarida orqamiya jarohati tuzalib, harakat-tayanch funksiyalari tiklanganligi kuzatilgan.

Malohat Husanova, O‘zA
6 567