O‘zA O`zbek

29.07.2015 14:40:59 Chop etish versiyasi

Zamonaviy tibbiy xizmat

Buxoro viloyati Buxoro tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi “Salomatlik-3” loyihasi asosida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

250 qatnovga mo‘ljallangan shifo maskanida birinchi yordam, tashxis, davolash ishlarini sifatli bajarish uchun barcha sharoit yaratilgan. Malakali tibbiyot xodimlari, ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, keksa yoshdagi insonlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlariga alohida e’tibor qaratmoqda.