Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2017 18:06 Chop etish versiyasi

Zamonaviy tez yordam mashinalari aholi xizmatida

Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis ovullaridagi tibbiyot muassasalariga tez yordam mashinalari berildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Ular zamonaviy aloqa vositalari bilan jihozlangan tez yordam avtomashinalari bilan ta’minlanayotir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga umumiy qiymati 2 milliard 580 million so‘mlikdan ziyod 62 tez yordam avtomashinasi ajratildi. Nukusdagi “Yoshlar markazi”da ana shu avtomashinalarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

– Aholiga malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida ajratilgan bu transport vositalari, avvalo, chekka hududlardagi tibbiyot muassasalariga berildi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.Serjanov. – Tez tibbiy yordam brigadalarini 41 nomdagi dori vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, barcha tez yordam avtomashinalariga GPS navigatorlari o‘rnatildi. Bu chaqiruvlarga o‘z vaqtida yetib borish, markaz bilan doimiy aloqada bo‘lish imkonini beradi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
1 883






Все о погоде - Pogoda.uz