Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2017 20:01 Chop etish versiyasi

Zamonaviy texnologiyalar – amaliyotga

Poytaxtimizda O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Partiya a’zolari elektron ro‘yxatini yuritishning dolzarb masalalari” mavzuida seminar tashkil etildi. 

O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov va boshqalar “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Bugun partiya saflarida 4 mingdan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotiga birlashgan 157 mingdan ziyod a’zo bo‘lib, ularning hisobini yuritishdagi kamchiliklarni bartaraf etish va bu boradagi faoliyatni takomillashtirish, samaradorligini oshirish yuzasidan maxsus elektron dastur yaratildi.

– Yaratilgan dasturiy tizimning asosiy vazifasi partiya a’zolari va boshlang‘ich partiya tashkilotlari ro‘yxatini tezkor ravishda sifatli ko‘rinishda yetkazish, ushbu elektron dasturga ro‘yxatga olingan hujjatning ijro holatini istalgan vaqtda rahbar yoki ushbu dasturga mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan to‘liq nazorat qilib borish, saqlash, qidirish va monitoringini yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi partiya siyosiy kengashi markaziy apparati bo‘lim mudiri Farhod Eshonqulov. – Mazkur dastur zamonaviy axborot texnologiyalari orqali ish samaradorligini oshirishga hamda ba’zan duch keladigan muammolarni yengillashtirishga yordam beradi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan mazkur dasturni amaliyotga joriy etish va undan samarali foydalanish yuzasidan ishtirokchilarga zarur tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 677






Все о погоде - Pogoda.uz