O‘zA O`zbek

12.02.2020 Chop etish versiyasi

Zahiriddin Muhammad Bobur ichkilikka qarshi farmonni imzolagan

Zahiriddin Muhammad Bobur ichkilikka qarshi farmonni imzolagan

“Bu orzu va bu osoyishtalik toʻla-toʻks oxiriga yetgandan keyin, olam boʻysunishi lozim boʻlgan farmon ijro sharafiga erishdiki, tinch saqlangan mamlakatda (xudo ofat va xavflardan omon qilsin) mutlaqo hech bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga tirishmasin, ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, oʻzida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin: “Ichkilikdan qochinglar, shoyadki najot topsanglar.

... Podshohning mehribonligiga sigʻingan turk, tojik, arab, ajam, hindi, forsiy fuqaro va sipoh – butun millatlar, hamma inson toifalari bu mangu baxshishga suyanib, umid tutib, abadiylikka birikkan davlatimiz duosiga mashgʻul boʻlsinlar va bu hukmlar ijrosidan tashqari chiqmasinlar va burilmasinlar, farmonga muvofiq ish olib borsinlar. Bu hukm ulugʻ podshoh imzosi bilan yetishsa, eʼtimod qilsinlar.

Amri oliy bilan 932-yil 24 jumadul-avvalda yozildi”.

photo5341281536613395632.jpg

Ushbu jumlalar Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan 1525-yilda Hindistonning zabt etilishi sharafiga ichkilikni man qilish haqida bergan oliy farmondan keltirilgan parcha.

Hind saltanatini zabt etgan ulugʻ hukmdor ushbu farmon shukronasiga musulmon savdogarlarni tamgʻa soligʻidan ozod etgan.

Oʻz davrida mazkur farmon gunohdan saqlanish, ichkilik, maishat tufayli davlat boshqaruvida nohaqlik, adolatsizlik va tartibsizliklar kelib chiqishining oldini olishga xizmat qilgan.

1 436
F.UBAYDULLAYEV, OʻzA