Yuz yoshdan oshgan yurtdoshlarimiz qaysi hududda koʻproq?
Mamlakatimizda 794 nafar 100 yoshdan oshgan pensiya va nafaqa oluvchi bor.
Mamlakatimizda 794 nafar 100 yoshdan oshgan pensiya va nafaqa oluvchi bor.
Joriy yil 1-oktyabr holatiga, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy tuman (shahar) boʻlimlari hisobida turib, pensiya va nafaqa olayotgan 100 yoshga toʻlgan va 100 yoshdan oshganlar soni 794 nafarni tashkil qiladi.
Shundan, 131 nafari (16,5 foiz) erkak va 663 nafar (83,5 foiz) ayol.
100 yoshga toʻlgan va 100 yoshdan katta yoshdagilar soni Qashqadaryo viloyatida 143 nafar (18 foiz), Surxondaryo viloyatida 120 nafar (15,1 foiz), Samarqand viloyatida 78 nafar (9,8 foiz), Fargʻona viloyatida 76 nafar (9,6 foiz), Toshkent viloyatida 64 nafar (8,1 foiz), Namangan viloyatida 59 nafar (7,4 foiz), Andijon viloyatida 56 nafar (7,1 foiz), Buxoro viloyatida 37 nafar (4,7 foiz), Xorazm viloyatida 36 nafar (4,5 foiz), Jizzax viloyatida 31 nafar (3,9 foiz), Navoiy viloyatida 27 nafar (3,4 foiz), Toshkent shahrida 25 nafar (3,1 foiz), Qoraqalpogʻiston Respublikasida 23 nafar (2,9 foiz) va Sirdaryo viloyatida 19 nafar (2,4 foiz)ni tashkil qiladi.
Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati xabariga koʻra, 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida 383 nafar pensiya va nafaqa oluvchi 100 yoshga toʻldi. Ularning 70 nafari (18,3 foiz) erkak va 313 nafari (81,7 foiz) ayollardir.