O‘zA O`zbek

31.08.2018 19:44 Chop etish versiyasi

Yuz bilan yuzlashgan momoning shukronasi

Yuz bilan yuzlashgan momoning shukronasi Kuni kecha davlatimiz rahbari farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan asr oshgan bir guruh nuroniylar qatorida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi 102 yoshliMoʻmina momo Gʻaniyeva ham bor.

Tumanning Yaltirabod mahallasidagi Moʻmina momoning hovlisi shu kunlarda har doimgidan ham gavjum. Bugun 6 farzand, 20 nevara, 10 chevara ogʻushida umrguzaronlik qilayotgan onaxonni qutlash uchun erta tongdan viloyat hokimligi mutasaddilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla-koʻy, qarindosh-urugʻlar jam boʻldi.

Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov yuz bilan yuzlashgan momoni Prezidentimiz nomidan tabriklab, “Shuhrat” medalini tantanali ravishda topshirdi. Istiqlolimizning 27 yillik shodiyonalari bilan qutladi.

Moʻmina momo shunday dorilomon kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga yanada farovonlik tilab duo qildi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat) OʻzA
2 514