Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.01.2017 16:22 Chop etish versiyasi

Sherobod tumanida 42 oila yangilangan namunaviy loyihadagi uylarga ko‘chib o‘tdi

Sherobod tumanida 42 oila yangilangan namunaviy loyihadagi uylarga ko‘chib o‘tdi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida 32 oilaga mo‘ljallangan ikki qavatli va maydoni ikki sotix bo‘lgan 10 ta bir qavatli alohida uy-joy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda qishloq joylarda qurilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy massivlar yurtimiz kiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 2009-2016-yillarda Surxondaryo viloyatida 5 ming 795 uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Zamonaviy massivlarda ijtimoiy bozor infratuzilmasi obyektlari, servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, keng va ravon yo‘llar bunyod etildi. Tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Olis qishloqlarda ham amalga oshirilayotgan bunday ulkan bunyodkorlik ishlari joylarda qurilish industriyasini rivojlantirib, aholini ish bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etayotir.

– Yurtimiz obodligi, aholi farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday ulkan qurilish ishlarini bir paytlar biz tasavvur ham qilolmaganmiz, – deydi sherobodlik Qudrat Asrorov. – Guvaladan qurilgan pastqam uylarda bir etak farzandlar, kelin va nevaralar bilan siqilib yashashga ko‘nikib qolgan edik. Prezidentimizning qarori asosida qisqa vaqtda qad rostlagan hamyonbop, ixcham, qulay bu uylar ana shu muammolarga barham berishi va yosh oilalar mustahkamligi uchun xizmat qiladi.

Yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha “Qishloq qurilish bank”ning Surxondaryo viloyati filiali kredit mablag‘i evaziga barpo etilgan 42 uyning kaliti xonadon egalariga topshirildi.

– Uch oila bir hovlida yashar edik, – deydi Qo‘rg‘on mahallasida istiqomat qilayotgan Tursunboy To‘rayev. – Arzon narxlarda sifatli qurilayotgan uylar biz kabi turar joyga ehtiyojmand yosh oilalar uchun katta imkoniyat bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im bilan maslahatlashib, zamonaviy massivda yangi qurilgan uch xonali uydan oldik. Bu uylarning narxi, to‘lov sharti juda qulay. Yashash uchun barcha sharoit yaratilgan. Onajonimni ham "yuring endi, yangi uyda maza qilib yashaysiz", deb olib keldik. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Surxondaryo viloyatida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 608 ikki va uch qavatli uylar, ikki, to‘rt va olti sotixli 3-4 xonali 401 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.

Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
6 335






Все о погоде - Pogoda.uz