Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.02.2017 19:06 Chop etish versiyasi

Mahalla bilimdonlari tanlovida "Yurt kelajagi" jamoasi g‘olib bo‘ldi

Mahalla bilimdonlari tanlovida "Yurt kelajagi" jamoasi g‘olib bo‘ldi Nukusda “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam!” shiori ostida tashkil etilgan tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 15 jamoa ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Z.Zoitov, Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Mahalla ziyosi” o‘quv markazi rahbari B.Yunusov va boshqalar mamlakatimizda mahalla instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, uning jamiyat hayotidagi ishtiroki, vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Yoshlar o‘rtasida yuksak ma’naviyat, milliy qadriyatlarimiz, boy madaniy merosimizga hurmat, milliy istiqlolning buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 94 jamoa tarkibida 376 yigit-qiz ishtirok etdi.

Ishtirokchilar o‘z mahallasi tarixi, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk ulg‘ayishida mahallaning o‘rni, “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi mexanizmini kuchaytirish, sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ma’naviyatga oid savollarga javob berib, “Mahala – mening taqdirimda” mavzusida insho yozdi.

Nukus tumanidagi “Qirontov” ovulining “Yurt kelajagi” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘ringa Nukus shahridagi “Oydin yo‘l” mahallasining “Oydin yo‘l” jamoasi, uchinchi o‘ringa Ellikqal’a tumanidagi “Paxtachi” mahallasining “Bo‘ston” jamoasi sazovor bo‘ldi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
1 530






Все о погоде - Pogoda.uz