O‘zA O`zbek

11.09.2018 12:38 Chop etish versiyasi

Yuraklarni mahv etgan sanʼat

Yuraklarni mahv etgan sanʼat

Shahrisabz, Oqsaroy. Amir Temurning mahobatli haykali poyidagi turfa gullar koʻzni yashnatadi.

dc468b65-8212-402e-a1db-45968fe52660.jpg

Milliy anʼana va qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etuvchi sharqona uslubda bezatilgan ushbu maydonda Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimi oʻtkazildi. Insoniyat tamaddunining beshigi boʻlgan koʻhna va hamisha navqiron zamin yana bir bor dunyo ahlining diqqat-eʼtibori markazida boʻldi.

photo5238140989376407961.jpg

Mamlakatimiz rahbari anjumanning ochilish marosimida ishtirok etib, maqom sanʼatining insoniyat tarixida tutgan oʻrni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga alohida urgʻu berdi. Milliy musiqa va mumtoz adabiyotimiz durdonalari hamohangligida ijro etilgan maqomlar maydon uzra yangrab, asrlar davomida qon-qonimizga singib ketgan milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini mavjlantirdi.

Milliy qadriyatlarni ulugʻlash, tarixiy obida va xalqimizning boy adabiy merosini avlodlarga asrab-avaylab yetkazish, ayniqsa milliy sanʼatni nafaqat yoshlarga targʻib qilish, balki butun dunyo sanʼat ahlini uning sehrli ohangidan bahramand etish muhimdir.

Shahrisabzda oʻtkazilgan Maqom anjumani davomida mehmonlar sanʼat insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, qalblarga mehr, doʻstlik tuygʻularini ulashuvchi eng noyob vosita ekanligiga yana bir bor guvoh boʻldi. Maqom navolari turli tillarda soʻzlashayotgan xalqlarning dillarini eng ulugʻ maqsadlar yoʻlida birlashtirgani, shubhasiz.

Mahmud Nazarov,
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi
Toshkent viloyati kengashi raisi

O'zA
1 771