O‘zA O`zbek

04.12.2019 Chop etish versiyasi

Yulian Semyonovning ikki kitobi o‘zbek tilida chop etildi

Yulian Semyonovning ikki kitobi o‘zbek tilida chop etildi

“Yangi asr avlodi” nashriyoti taniqli rus adibi Yulian Semyonovning “Bahorning o‘n yetti lahzasi” va “Tirik qolish buyurilgan” asarlarini o‘zbek tilida chop etdi.

“Bahorning o‘n yetti lahzasi” asarida ‎1945 yil bahori aks ettirilgan. Unda rus ayg‘oqchisi Maksim Isaev ‎haqida hikoya qilinadi. 

“Tirik qolish buyurilgan” asarida ham Ikkinchi jahon urushining mudhish va ayanchli fojiasi qalamga olingan.

Yulian Semyonov 1931 yil 8 oktabr kuni Moskvada tug‘ilgan. U qisqa umri davomida salmoqli ijod qildi. Jurnalist sifatida ham samarali ishlagan. Adibning “Petrovka, 38”, “Ogareva, 6”, “Qarama-qarshilik” kabi detektiv asarlari ham sevib o‘qiladi. 

733
O‘zA