Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2017 17:07 Chop etish versiyasi

«Yuksalish» – tanlov g‘olibi

«Yuksalish» – tanlov g‘olibi Buloqboshi tumanidagi “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘inining “Yuksalish” jamoasi “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Mamlakatimizda mahalla instituti mavqeini yuksaltirish, uning jamiyat hayotidagi ishtiroki, vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirish, mahallaning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam” shiori ostida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlov ham navqiron avlod ma’naviyatini yuksaltirish, farzandlarimizni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Tanlovning viloyat bosqichida 17 jamoa bahslashdi. Ishtirokchilar o‘z mahallasi tarixi, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk ulg‘ayishida mahallaning o‘rni, “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi mexanizmini kuchaytirish, sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ma’naviyatga oid savollarga javob berdi, “Mahalla – mening taqdirimda” mavzusida insho yozdi.

Birinchi o‘rinni egallagan "Yuksalish" jamoasi tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘ringa Oltinko‘l tumanidagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inining “Bobur izdoshlari” jamoasi, uchinchi o‘ringa Andijon tumanidagi “Rovot” mahalla fuqarolar yig‘inining “Istiqlol” jamoasi sazovor bo‘ldi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
1 901






Все о погоде - Pogoda.uz