O‘zA O`zbek

21.08.2019 Chop etish versiyasi

Yuk avtomobillariga nur qaytargich nima uchun kerak?

Yuk avtomobillariga nur qaytargich nima uchun kerak?

Tungi vaqtlarda transport vositasini boshqarib borar ekanmiz, gohida bizdan oldin harakatlanayotgan yuk avtomobillarini ko‘ramiz.

Ularda orqa gabarit chiroqlari yoki nur qaytargichlar o‘rnatilganiga Hech e’tibor berganmisiz. To‘g‘ri nur qaytargich o‘rnatish oddiy holdek tuyuladi. Aslida bu harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri doirasida viloyat hududidagi yuk avtomobillari avtoturargohlarida, yuk avtomobillari haydovchilari bilan yo‘l harakati hamda yuk tashish qoidalariga rioya etish, yo‘llarda harakatlanishda chap qatorni band qilmaslik, xavfsizlik nuqtai nazaridan yuk avtomobilining gabarit o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda nur qaytargichlar o‘rnatish lozimligi yuzasidan navbatdagi targ‘ibot suhbatlari tashkil etildi.

photo5395560916688416146.jpg

Bu suhbatlar chog‘ida yuk avtomobilining orqa yoki yon qismida muhofaza to‘siqlari mavjud bo‘lmagan hollarda ularni o‘rnatish maqsadga muvofiq ekani tushuntirildi.

Mazkur tadbir davomida foydalanishda bo‘lgan 241 yuk avtomobilining yon va orqa tomonlariga nur qaytargichlar o‘rnatilishi tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari hamda noxush holatlarning oldini olish, yuk tashishda xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashdan iborat.

Yuk avtomobillari haydovchilaridan yuk avtomobillarining orqa yon tomonlarini nur qaytargichlar bilan jihozlash, muntazam ravishda gabarit chiroqlarining soz holda bo‘lishini nazorat qilib borishini so‘raymiz.

Rustam ASQAROV,
Toshkent viloyati IIBB YHXB 
Matbuot bo‘linmasi boshlig‘i

2 626
O'zA