O‘zA O`zbek

27.08.2018 14:47 Chop etish versiyasi

YTH oqibatida piyoda halok boʻldi

YTH oqibatida piyoda halok boʻldi
Toshkent viloyati hududida piyodalar ishtirokida yoʻl transport hodisalarini oldini olish maqsadida oʻtkazilayotgan “Diqqat piyoda” tadbirlari oʻtkazilishiga qaramasdan piyodalar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qoidabuzarliklar yoʻl transport hodisasi kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.

Tahlillarga nazar tashlaydigan boʻlsak, Toshkent viloyati hududida piyodalar ishtirokida sodir boʻlayotgan yoʻl transport hodisalarining 5 foizini aynan piyodalarning qoida buzishi oqibatida sodir boʻlayotganligi koʻzga tashlanmoqda.

Bugun sodir etilgan yoʻl transport hodisasi fojiali yakun topdi. U.S “Lasetti” rusumli avtomashinani Namangan viloyatidan Toshkent shahri tomonga boshqarib kelayotgan vaqtida Toshkent viloyati Ohangaron shahar hududidan oʻtuvchi “Guliston – Boʻka – Angren – Qoʻqon – Andijon – Oʻsh” avtomobil yoʻlining qatnov qismini ikkiga ajratib turuvchi beton toʻsiq ustidan sakrab oʻtayotgan piyoda R.Shni urib yuboradi. Natijada piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot yetdi. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

OʻzA
1 346