O‘zA O`zbek

27.08.2018 13:24 Chop etish versiyasi

YPX xodimlari qoidabuzarlarni “ovlash” bilan cheklanmay piyodalarga yordam ham koʻrsatmoqda

YPX xodimlari qoidabuzarlarni “ovlash” bilan cheklanmay piyodalarga yordam ham koʻrsatmoqda
Yoʻl patrul xizmati xodimlarini biz faqat qoidabuzarlarni jazolovchilar sifatida bilardik. Biroq endilikda ular oʻzlarining savob ishlari bilan barchaga oʻrnak boʻlishmoqda.

YPX xodimlari mashinasi buzilgan haydovchilarni hojatini chiqarish, mashina shinalarini almashtirishga yordamlashish, manzilda adashganlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatish bilan oʻrnak boʻlishmoqda. Shuningdek, keksa yoʻlovchilarni piyodalar yoʻlidan oʻtkazishga koʻmaklashmoqda.

ec3d6042-c0ff-458f-b42e-df20877bed7c.jpg

“Yoʻl patrul xizmati xodimlarining vazifasi yoʻllarda qoidabuzarlarni kamaytirish. Shaharda transport vositalarini xavfsiz va tartibli harakatlanishini taʻminlashdir”, deydi xodimlardan biri.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yilning 17-23-avgust mobaynida 1571 ta piyoda tomonidan qoidabuzarliklar aniqlangan boʻlib, jumladan, 373 nafar piyodaga nisbatan yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib oʻtganligi uchun maʻmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

OʻzA
1 664