Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

24.04.2018 19:18 Chop etish versiyasi

YPX inspektorlari harakat vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jiddiy chora ko‘rmoqda

YPX inspektorlari harakat vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jiddiy chora ko‘rmoqda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida 16-22 aprel kunlari jami 150 yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, oqibatda 131 fuqaroga turli darajadagi tan jarohati yetgan.

O‘tgan hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 91 ming 465 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 44 mingdan ziyodi qo‘pol qoidabuzarliklar toifasiga kiradi. Bu haqda Respublika Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.

Xabarda 1 ming 892 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargani, 13 ming 897 holatda belgilangan tezlik talabi buzilgani, 1 ming 123 haydovchi esa svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagani keltirilgan.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 262, odam tashish qoidasi buzgan 12 ming 168, harakat vaqtida telefondan foydalangan 806 va xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 17 ming 830 nafar haydovchiga nisbatan ham ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilgan.

O‘zA
2 505