O‘zA O`zbek

02.08.2018 15:53 Chop etish versiyasi

Yozyovonda elektron oilaviy poliklinika ish boshladi

Yozyovonda elektron oilaviy poliklinika ish boshladi
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Soybo‘yi qishlog‘ida 33-oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi.

Bu yerdagi elektron poliklinikada zamonaviy laboratoriya, UZI, EKG, terapevt, stomatolog, pediatr, jarroh, umumiy amaliyot shifokori xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Shifo maskanida 4 o‘rinli kunduzgi statsionar ham ishlab turibdi.

– Albatta, bu elektron tizim bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun ko‘plab qulayliklar yaratmoqda, - deydi 33-oilaviy poliklinika mudiri Bahrom Mamadayupov. – Endi bemorlarning doimiy yangilab turiladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi, bu esa ularga shifokor qabuliga masofadan yozilish imkonini beradi.

Elektron oilaviy poliklinika Soybo‘yi, Yuqori Soybo‘yi, Guliston, Beruniy, Toshhovuz va Ittifoq mahallalarida istiqomat qiluvchi 20 ming 450 dan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi.

4.JPG

5.JPG

8.JPG


Muqimjon Qodirov (surat) O‘zA
3 704