Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 15:28 Chop etish versiyasi

Yoshlarning siyosiy faolligini oshirishda «Yoshlar qanoti»ning o‘rni

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan «O‘zLiDePda yoshlar kuni» loyihasi doirasida «Yoshlarning siyosiy faolligini oshirishda «Yoshlar qanoti»ning o‘rni» mavzuida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda partiya faollari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari, yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimizning «Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak» nomli ma’ruzasida yoshlar masalasiga oid belgilab berilgan vazifalar hamda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida partiya tomonidan qator loyihalar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotir. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yoshlarni siyosiy partiyalarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardagi ishtiroki, qonunda belgilangan vakolatlarini bajarish borasidagi ishlari bilan yaqindan tanishtirishdir.

Tadbirda yigit-qizlar boshlang‘ich partiya tashkilotlari, deputatlik guruhlari, yoshlar bilan ishlash sektorlari, partiyaning "Yoshlar qanoti" hamda "XXI asr" ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati faoliyati bilan tanishdi. Yoshlar partiya faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tadbirkorlikka, ilm-fanga, ijtimoiy hayotning boshqa yo‘nalishlariga qaratilgan loyihalar ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 789






Все о погоде - Pogoda.uz