O‘zA O`zbek

23.09.2020 Chop etish versiyasi

Yoshlarni sanʼatga oshno etib

Yoshlarni sanʼatga oshno etib

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Buxoro viloyat ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida 400 nafar oʻgʻil-qiz tasviriy va amaliy sanʼat, doira, fortepyano, rubob kabi yoʻnalishlarda mahoratini oshirmoqda.

Sanʼat dargohida 160 nafar oʻqituvchi mehnat qiladi. Ulardan biri – Madina Ahmedova oʻzining pedagogik mahorati bilan oʻqituvchiyu oʻquvchilar eʼtiboriga sazovor boʻlgan muallimalardan. U bir necha yildan buyon yoshlarga tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik sir-asrorlarini oʻrgatib kelmoqda.
photo_2020-09-23_19-38-23.jpg
photo_2020-09-23_19-38-20.jpg

– Sanʼat – hayot goʻzalligini tasvirlab beruvchi bir vositadir, - deydi Madina Ahmedova. 

– Biror bir sanʼat asari ustida ish olib borish jarayonida oʻquvchilarga uning tarixini ham oʻrgatib boraman. Yurtiga daxldor tarix, madaniyat va sanʼatdan boxabar insonning qalbi doim goʻzal boʻladi, yaxshi amallarni bajarishga oshiqadi.


6 312
Tohir ISTATOV (surat), OʻzA