Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.11.2017 15:13 Chop etish versiyasi

Yoshlarni ish bilan ta’minlashning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Jizzax viloyati hududiy bo‘limida “Yoshlarni ish bilan ta’minlashning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Viloyat bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan qabul qilingan 2017-yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi davlat dasturiga muvofiq, viloyatda 32 ming 127 yangi ish o‘rni yaratish belgilangan. Dastur ijrosini ta’minlashda iqtisodiyotni isloh qilish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar ish o‘rinlarini ko‘paytirishning muhim manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

2017-yilning 10-oyida bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat etgan 9 ming 502 fuqarodan 8 ming 243 nafariga ishga joylashishiga ko‘maklashildi. Ish izlayotgan fuqarolar uchun maqbul bo‘lgan ish o‘rinlari topish muddatini qisqartirish maqsadida tuman va shaharlarda 26 marta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Ularda ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning 1 ming 190 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 300 ga yaqin ishsiz fuqaro tikuvchilik, to‘quvchilik, elektrik, bo‘yoqchilik, suvoqchilik, komputer texnikasi operatori va boshqa shu kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qayta tayyorlandi. 70 nafar ishsiz yoshlar “Ustoz-shogird” an’analari asosida gilam to‘qish, ganchkorlik, teri, daraxt va temirdan badiiy mahsulotlar tayyorlash, milliy qandolatchilik va hunarmandlikning boshqa turlari bo‘yicha o‘qitildi.

Tadbirda yoshlarni ish bilan ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
1 879






Все о погоде - Pogoda.uz