O‘zA O`zbek

12.02.2020 Chop etish versiyasi

Yoshlardan shijoat, bilim va harakat talab etiladi...

Yoshlardan shijoat, bilim va harakat talab etiladi...

Navoiy davlat konchilik instituti rektori Q.Sanaqulov talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlari muhokama mavzusiga aylandi. Shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasi, “2020-yil – Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” mazmun-mohiyati haqida soʻz bordi.

12 февраля.JPG

Bugungi kunda institut tarkibida 3 ta fakultet, bitta filial, 14 ta kafedra faoliyat koʻrsatmoqda. 15 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 10 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. Institutda tahsil olayotgan 3,4 ming nafarga yaqin talabaga 207 nafar malakali professor-oʻqituvchi taʼlim bermoqda. Talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida institutda 70 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilib, toʻgarak ishtirokchilari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.

12 февраля2.JPG

Institut rektori, texnika fanlari doktori Quvondiq Sanaqulov mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatiga toʻxtalib, islohotlar zamirida yoshlardan talab qilinadigan narsa – bu shijoat, bilim va harakat ekanini, talabalarning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish, ularni toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish masalalari dolzarb va kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar ekanini alohida taʼkidladi.

Tadbirda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. Yakunda sportda qator yutuqlarni qoʻlga kiritgan talabalarga diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.

1 333
NKMK Matbuot markazi OʻzA