O‘zA O`zbek

06.02.2018 19:00 Chop etish versiyasi

Yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlaylik

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash mavzusida ma’daniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarda prokuratura, ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari, psixologlar, siyosatchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti prorektori D.Baratov va boshqalar bugun insoniyatni qattiq xavotirga solayotgan xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, aqidaparastlik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, qashshoqlik singari global muammolar kuchayib borayotgan bir davrda farzandlarimiz ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish dolzarb vazifa hisoblanmoqda, shu boisdan ta’lim dargohida navqiron avlodning ongini zaharlovchi mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashishga doir ma’daniy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot-tushuntirish ishlari kuchaytirilayotganini ta’kidladi. 

Tadbirda talabalarga dinni niqob qilib olgan yovuz kuchlarning asl maqsad-muddaosi, tinchlikka, taraqqiyotga, minglab odamlar hayotiga rahna solishga qaratilgan qora niyatlari aniq misollar bilan tushuntirib berildi. 

Tadbirda mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati hamda yoshlarni internetdan to‘g‘ri maqsadda foydalanish, turli yot g‘oyalardan, tahdidlardan, axborot xurujlaridan saqlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shaxnoza Mamaturopova, O‘zA
9 055