Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.03.2018 21:41 Chop etish versiyasi

Yoshlar yetakchisining to‘yi o‘zgacha bo‘ldi

Samarqand viloyati Urgut tumani Qoratepa qishlog‘ida o‘tkazilgan to‘y ko‘pchilikning yodidan chiqmaydigan bo‘ldi.

Gap shundaki, tumandagi 41-umumta’lim maktabining yoshlar yetakchisi Alijon Orziqulov va Sevara Amrillayevaning nikoh to‘yi odatdagidan boshqacha o‘tdi.

– Keraksiz hoy-u havas bilan o‘tkazilgan to‘ylar va ulardan keyingi mashmashalarni eshitganimiz uchun ota-onalarimizga biz uchun dabdabali to‘y o‘tkazmang, undan ko‘ra savobli ish qilaylik dedik, – deydi Alijon. – Bu fikrimiz ularga ham ma’qul tushdi va to‘yimizga o‘zimizga yaqin insonlar, do‘stlarimizni taklif etdik. Mahalla faollari bilan maslahatlashib, kam ta’minlangan oilarning to‘rt nafar farzandlari sunnat to‘yini ham nikoh to‘yimizga qo‘shib o‘tkazdik. To‘yimiz kutganimizdan ham chiroyli o‘tdi.

Alijonning ota-onasi endilikda to‘ydan iqtisod qilingan mablag‘ evaziga yosh oila uchun yangi uy solish harakatida.

G‘olib Hasanov, O‘zA
5 149