O‘zA O`zbek

08.09.2018 16:30 Chop etish versiyasi

“Yoshlar-tur” yoshlar velomarafoni

“Yoshlar-tur” yoshlar velomarafoni Namanganda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat ichki ishlar va sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Yoshlar-tur” yoshlar velomarafoni boʻlib oʻtdi.

Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan velomarafonda 350 ortiq havaskor sportchilar ishtirok etdi.

11.jpg

Velamarafon yakuniga koʻra, 15-17 yosh toifasidaAkbar Nuriddinov, Sherzod Avezov, Bekzod Baxtiyorov, Alsu Xabibulina, Matluba Sotayeva, Tilovat Muxtorova, 18-30 yosh toifasida Umid Ikromov, Barkamol Qodirov, Sherzod Nazirov hamda eng yosh ishtirokchi nominatsiyasida Muhammadzohid Isroiljonov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblar va sovrindorlar munosib taqdirlan.

Hotam Mamadaliyev (surat) OʻzA
1 646