O‘zA O`zbek

30.08.2018 10:20 Chop etish versiyasi

Yoshlar sportning 12 yoʻnalishi boʻyicha oʻz iqtidorini namoyish etdi

Yoshlar sportning 12 yoʻnalishi boʻyicha oʻz iqtidorini namoyish etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan sport haftaligi doirasida Chirchiq shahrida sport festivali boʻlib oʻtdi.

photo5204281649058130345.jpg

Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan sport festivalida 200 dan ziyod oʻquvchi-yoshlar futbol, badiiy gimnastika, karate, velosport, stol tennisi, shaxmat kabi sportning 12 yoʻnalishi boʻyicha oʻz iqtidorini sinovdan oʻtkazdi.

Musobaqada gʻoliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

N.Rajabova, OʻzA
1 342