Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2017 18:35 Chop etish versiyasi

1-fevraldan 1-martgacha Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan har yili yoshlar o‘rtasida narkotik vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi o‘tkazib kelinayotgani o‘z samarasini berayotir. Joriy yilda ham 1-fevraldan 1-martgacha yurtimizda «Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi», deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot markazidan ma’lum qilishlaricha, oylik davomida mamlakatimizdagi barcha ta’lim dargohlari, yoshlar faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarda ichki ishlar xodimlari tomonidan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilayotir. Ma’ruza, seminar, anjumanlar va ko‘rgazmali vositalar yordamida “zahri qotil”ning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi keng tushuntirilmoqda.

Ana shunday profilaktika tadbirlaridan biri poytaxtimizdagi Yashnobod politexnika kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi.

Yashnobod politexnika kasb-hunar kolleji direktori Z.G‘aniyev va boshqalar mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

– O‘quv muassasamizda “Biz – giyohvandlikka qarshimiz!” mavzuida o‘tkazilgan tadbir katta taassurot qoldirdi, – deydi kollej o‘quvchisi Sarvar Abduxalilov. – Giyohvand kishining turli jinoyatlarga qo‘l urishi hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Biz bu illatning naqadar xavfli ekanligini yana bir bor chuqur anglab yetdik.

Tadbir davomida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tayyorlangan “Giyohvandlik – umr zavoli” videofilmi, “O‘z yo‘lingni tanla”, “Buyuk yurtning barkamol avlodlari”, “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” kabi sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks ettirilgan ko‘rgazmali vositalar namoyish etildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
3 887






Все о погоде - Pogoda.uz