O‘zA O`zbek

13.08.2020 Chop etish versiyasi

“Yoshlar parlamenti”ga tirishqoq yoshlar saylandi

“Yoshlar parlamenti”ga tirishqoq yoshlar saylandi

Respublikamizning barcha tuman-shaharlarida boʻlgani kabi Fargʻona viloyatida ham Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” aʼzoligiga saylovlar yuqori darajada tashkil etildi.

5 ta siyosiy partiyadan yuksak maʼnaviyatli, siyosiy ongi va tafakkuri teran eng kuchli yoshlar nomzod sifatida koʻrsatildi. Shuningdek, OʻzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashidan ham 19 nafar faol, iqtidorli, oʻqish va ish joyida atrofidagilarga oʻrnak boʻla oladigan tirishqoq nomzodlar koʻrsatildi. Ular saylovlar jarayonida oʻz saylovoldi dasturlarini komissiya aʼzolariga har tomonlama tushuntirib, himoya qildilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, Qoʻqon shahridan Ziyodaxon Abdurahimova, Dangʻara tumanidan Bunyodjon Nosirov, Bagʻdod tumanidan Hojimuhammad Muhammadaliyev, Toshloq tumanidan Muhammadbobur Manasov hamda Yozyovon tumanidan Jamshidbek Sulaymonovlar “Yoshlar parlamenti” aʼzoligiga saylandilar.

- Men yoshligimdan siyosiy jarayonlarga qiziqaman. Uzoq yillar viloyatda yoshlarning qatʼiy hayotiy pozitsiyalarini, erkin fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, ular oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida “Munozara” klubini yuritishda oz boʻlsa-da oʻz hissamni qoʻshdim. Xudo xohlasa, yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan qator dasturilamal hujjatlarning qabul qilinishida yoshlar ham faolligini albatta, amalda isbotlayman, – deydi “Yoshlar parlamenti” aʼzosi Muhammadbobur Manasov.

Bundan tashqari, “Yoshlar parlamenti” loyihasiga Respublika komissiyasi tomonidan Fargʻona viloyatidan partiyamiz faollaridan – Mushtariybegim Qurbonova, Dilnoza Sulaymonova, Ravshanbek Ahmedovlar tavsiya etildi.

Sh.Toʻxtamatov,
OʻzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi matbuot kotibi

1 427
O'zA