Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.06.2018 19:20 Chop etish versiyasi

Yoshlar masalasida xalqaro takliflar ko‘rib chiqildi

Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jayatma Vikramanayake ishtirokida “Yoshlar masalalari umumjahon muhokamasida” mavzuidagi davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida J.Vikramanayake mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib, bu islohotlar O‘zbekiston yoshlarining jahon miqyosida ham o‘z o‘rnini topishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Tadbirda yoshlar orasida terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishning siyosiy-huquqiy asoslari, bu jarayonda davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar sohasidagi O‘zbekiston tajribasi haqida fikr almashildi.

Yoshlarning xalqaro maydondagi nufuzi, ularning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik uchun yuksak salohiyatga ega bo‘lishi, xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish va innovatsion salohiyatni rivojlantirishda yoshlar o‘rnini kengaytirish borasida takliflar ko‘rib chiqildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
1 140