O‘zA O`zbek

29.08.2018 12:53 Chop etish versiyasi

Yoshlar mahorat oshirmoqda

Yoshlar mahorat oshirmoqda

Buxoro shahar Yoshlar markazida navqiron avlodning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yoʻnaltirishga xizmat qiluvchi 20 dan ziyod toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

4.JPG

Ingliz va rus tillari, shaxmat-shashka, stol tennisi, yosh aktyorlar, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, tasviriy sanʼat, yoshlar turizmi, tikuvchilik kabi toʻgaraklarda yoshlar malakali mutaxassis-pedagoglar koʻmagida mahorat oshirmoqda.

6.JPG

– Mamlakatimizda yosh avlodni yuksak salohiyatli insonlar etib tarbiyalash, barcha sport turlari, xususan, shaxmatni rivojlantirish, iqtidorli yosh shaxmatchilarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, - deydi shaxmat toʻgaragi murabbiyi Shahnoza Ochilova. – Ayni paytda markazimizda faoliyat koʻrsatayotgan shaxmat toʻgaragida 100 dan ziyod oʻgʻil-qiz aql-tafakkur mashgʻuloti bilan muntazam shugʻullanmoqda.

9.JPG

T. Istatov (surat), OʻzA
1 436