Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2017 19:21 Chop etish versiyasi

Yoshlar – kelajagimiz poydevori

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida ana shu mavzuda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev va boshqalar mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va kadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Prezidentimizning joriy yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmoni bu boradagi ishlarni yanada yuqori pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlarning ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish va qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ularning manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirda Agentlikda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha alohida ishchi guruh shakllantirilayotgani qayd etildi. Mazkur ishchi guruh tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlarning muammolarini o‘rganadi va ularga amaliy yordam beradi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida Agentlik tizimidagi korxona va tashkilotlar, hududiy boshqarmalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar o‘rtasida «Yilning eng yaxshi kitobxoni” ko‘rik-tanlovi hamda “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
1 275






Все о погоде - Pogoda.uz