Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.09.2017 16:42 Chop etish versiyasi

Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalari yetakchilar kengashi a’zolari sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Poytaxtimizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tadigan yetakchilar kengashi a’zolari sayloviga bag‘ishlangan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 18-iyuldagi «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan muloqotda yosh tadqiqotchilar, faol yoshlar, boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, Vatan ravnaqiga hissa qo‘shadigan yoshlarning ezgu g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yil 30-iyunda tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ana shu ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Joriy yil 22-23-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalari yetakchilar kengashi a’zolari sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Saylov mamlakatimizdagi 81 oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

– Oliy ta’lim muassasalari yetakchilar kengashi a’zolari sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Saylovda faol, tashabbuskor, tengdoshlarining tashvish va muammolarini bartaraf etishga qodir yigit-qizlar o‘z nomzodini qo‘ygan, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining bo‘lim mudiri Bobur Mirzayev. – Nomzodlar ikki hafta davomida o‘zlarining ish rejasi va dasturlari bilan talabalarni tanishtirdi. Ovoz beruvchilar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan nomzodni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ekspertlar va mas’ul xodimlardan javob oldi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
1 140






Все о погоде - Pogoda.uz