Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.01.2018 21:10 Chop etish versiyasi

Yoshlar ittifoqining harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari saylanmoqda

O‘tgan yil noyabr oyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Mudofaa vazirligi o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda ushbu memorandumga muvofiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari saylanmoqda. Bu boradagi ishlar Vatan himoyachilari kuni arafasida faol amalga oshirilayotganida chuqur ramziy ma’no mujassam.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyida Yoshlar ittifoqining harbiy qismlardan biridagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisini saylashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sherzod Olimov boshlang‘ich tashkilotlar uchun yetakchilar saylovining Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida o‘tkazilayotganining ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Tadbirda Yoshlar ittifoqining tuman kengashi va harbiy qism boshlang‘ich tashkiloti vatanparvarlik mavzuidagi turli tadbirlarni o‘tkazishda yaqin hamkorlik qilishi qayd etildi.

Kapitan O.Fozilov uch nomzod orasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga saylandi.

Shu kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakultetida ham O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisining saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda muqobillik asosida katta serjant Sardor Tursunov yetakchi etib saylandi.

Ablay Kamolov, O‘zA
8 066