Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

30.08.2018 16:58 Chop etish versiyasi

Yoshlar ittifoqidan bayramga 27 tuhfa

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi binosida Mustaqilligimizning 27 yilligiga bagʻishlab “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqidan 27 tuhfa” mavzuida badiiy kitoblar taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirda shoir-yozuvchilar, noshirlar, ustoz-murabbiylar, yoshlar ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, “Yoshlar kutubxonasi” loyihasi yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, taʼlim muassasalarini badiiy adabiyotlar bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.

– Joriy yilda mazkur loyiha uchun 10 milliard soʻm mablagʻ ajratildi. Shu asosda koʻp ming nusxada chop etilgan kitoblar respublikamizdagi taʼlim muassasalariga bepul yetkazib berilmoqda, –dedi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi oʻrinbosari D.Kattaxanova. – Bu yil oxiriga qadar har bir taʼlim muassasasiga 100 nomdagi badiiy kitoblar yetkazib berishni rejalashtirganmiz.

Tadbirda 2018-2019-yillarga moʻljallangan nashr rejasi haqida maʼlumot berildi. Bu davrda 200 nomdagi badiiy kitob chop etilishi koʻzda tutilgan.

Gulchehra Ashurova, OʻzA
1 337