O‘zA O`zbek

20.09.2018 13:00 Chop etish versiyasi

“Yoshlar haftaligi”: “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari endilikda oʻzlashtirishi past boʻlgan tengdoshlari bilan individual ishlaydi

“Yoshlar haftaligi”: “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari endilikda oʻzlashtirishi past boʻlgan tengdoshlari bilan individual ishlaydi

Haftalik doirasida Baxmal, Gʻallaorol tumanlaridagi jami 170 ta taʼlim muassasalarining 340 nafar “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari ishtirokida interaktiv usulda oʻquv-seminar oʻtkazildi. Yoshlarning yetakchilik qobiliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

photo5264889075033287290.jpg

Oʻquv-seminarlar davomida umumiy oʻrta taʼlim maktab sardorlarining 2018-2019 oʻquv yilida nofaol va oʻzlashtirishi past boʻlgan tengdoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqildi.

Qolaversa, profilaktika nozirlari va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari hamkorligida oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huququbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirishga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Gulchehra Ashurova, OʻzA
2 223