O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

“Yoshlar haftaligi”: ajralish yoqasidagi yosh oilalar yarashtirilib, yangi tuzilgan oilalarga nikoh guvohnomalari topshirildi

“Yoshlar haftaligi”: ajralish yoqasidagi yosh oilalar yarashtirilib, yangi tuzilgan oilalarga nikoh guvohnomalari topshirildi

Haftalik davomida uzoq vaqtdan buyon alohida istiqomat qilib ketayotgan va ajralish yoqasiga kelib qolgan yosh oilalar vakillari bilan ham individual tartibda ishlar olib borildi. 24 ta ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalar psixologlar qabulida boʻldi.

photo5267516512686680533.jpg

12 nafar nikoh qurish arafasidagi yoshlar bilan “Psixologik maslahatxona” loyihasi doirasida yakka tartibda ishlandi hamda jami 4 oilaning ajralishi oldi olindi. Shuningdek, 2 ta oilaning ajrimi oʻta muhim voqealar sabab maqsadga muvofiq deb topildi. Oila qurish arafasidagi yoshlarga ajrimlarning oldini olish, oila muqaddasligi, yosh ota-ona oldidagi vazifalar va turli ijtimoiy masalalar boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.

photo5267516512686680536.jpg

Ikki nafar yoshga tantanali tarzda nigoh guvohnomalari topshirilib, ularga muhim tavsiyalar berildi.

Haftalik doirasida Gʻallaorol va Baxmalda istiqomat qilayotgan 32 nafar IIB profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganlar, tarbiyasi ogʻir bolalar uchun alohida psixologik treninglar, yakka tartibdagi suhbatlar tashkil etildi.

Muloqotlar soʻnggida ijobiy deb topilgan 5 nafar voyaga yetmaganlar ichki ishlar organlari profilaktik hisobidan chiqarish boʻyicha tavsiyalar berildi.

1 659
Gulchehra Ashurova, OʻzA